"SELA" kompaniyasi kiyishga qulay, yumshoq matolardan tikilgan kiyimlarni sotadi. Savol muallifi "SELA" firmasining paketida buni tasdiqlovchi inglizcha yozuvni koʻrgani bejiz emas. Shunisi eʼtiborliki, atigi bitta harfning oʻrnini oʻzgartirib va soʻzlar orasidagi boʻshliqni olib tashlasangiz, har qanday kompyuterchiga tanish boʻlgan soʻz hosil boʻladi. Bunda u asl ibora bilan bir xil yangraydi. Savol muallifi "SELA" paketida qaysi iborani koʻrgan?