Saylov kampaniyasini oʻtkazish uchun noqonuniy xayriyalar qabul qilgan siyosatchilar, shantajdan himoyalanish uchun dalillarni ishonchli joylarda saqlaydilar. X kafolati deb ataladigan ushbu taktikada, agar xayriya qiluvchi haddan tashqari talabchan boʻlib ketsa, nomzod shunchaki unga fosh qiluvchi hujjatlarni koʻrsatadi va qonunni har ikki tomon buzganini, shuning uchun masala ommalashsa, ikkalasi ham hibsga olinishini bildiradi. X-ni ikkinchi turdagi aniqlovchi soʻz birikmasi bilan javob kartasiga yozing.