Savoldagi Igrek soʻzi oʻrnida boshqa soʻz. Yulius Yego mashhur keniyalik nayza uloqtiruvchi boʻlib, u nayza uloqtirishga qiziqa boshlaganida murabbiy topa olmaganidan, nayza uloqtirish saboqlarini mustaqil ravishda videolar koʻrib oʻrgangan. Shu sababli unga “Mister Igrek” laqabi qoʻyilgan. Statistik maʼlumotlaralarga koʻra, AQShda bir inson har kuni oʻrtacha 48 daqiqasini Igrekka sarflar ekan. Savol: Igrek oʻrnidagi bir xorijiy soʻzni yozib bering.