Savoldagi “BOʻSHLIQ” ruscha 3 ta soʻz bilan almashgan. Ruslarning “Xazinalar oroli” multfilmida qaroqchilar ichimlik ichish oldidan “yo-xo-xo” deb aytishardi. Ushbu jumla ingliz dengizchilari slengidan kirib kelgan boʻlib, rus tiliga “BOʻSHLIQ” deb tarjima qilinadi. Diqqat savol: Qaysi filmda qahramon suhbatdoshining “BOʻSHLIQ” degan jumlasini oʻzicha toʻgʻrilab qoʻyadi?