Savolda X oʻrnida boshqa bir soʻz. 1954-yilda Salvador Dali va fotograf Filipp Halsman hammuallifligida chiqarilgan syurreal yumoristik kitob nomi “Dalining Xi” deb ataladi. Dali ushbu kitobni rafiqasi Galaga bagʻishlar ekan, ayolini oʻz Xining qoʻriqchi farishtasi deb ataydi. Ushbu kitob haqidagi maqolada 1919-yilda yaratilgan sanʼat asariga havola berib oʻtilgan. Diqqat savol: Ushbu sanʼat asari nomini yozib bering. Diqqat qiling: Taʼriflovchi javoblar ham qabul.
L.H.O.O.Q. Qabul: Marsel Dyushan tomonidan chizilgan moʻylovda tasvirlangan Mona Liza (va shu kabi aniq taʼriflovchi javoblar)