Savolda “U” soʻzi boshqa bir soʻz bilan almashgan. Xindistonning Bixar shtati eng kambagʻal shtatlardan biri hisoblanadi. Shu tufayli zamonaviy ota-onalar UNI toʻlashdan koʻra oʻgʻrilarga kamroq pul toʻlashni maʼqul koʻrmoqda. Bu esa “Pakarua shaadi” nomli odatning yanada kengayishiga sabab boʻlmoqda. Diqqat savol: 1979-yilda chiqqan qaysi filmda aslida “Pakarua shaadi” roʻy bergani haqida aytib beriladi?