Savolda U almashtirish. Versiyaga koʻra, U Yevropaga Makedoniyalik Aleksandrning Hindistonga qilgan yurishlaridan soʻng kirib kelgan va xalq orasida “hind olmasi” nomini olgan. Italiyalik tarixchi Salvatore Lepo fikricha, Sitsiliya mafiyasi Unga boʻlgan talabning ortishi sabab paydo boʻlgan va mafiya Uning savdosidan MILLIONlar ishlab topgan. Savol: Italiyalik yozuvchining asarida U qanday unvon bilan tilga olinadi?