Savolda tulporlar soʻzi boshqa soʻz bn almashgan. Abdulla Oripovning "QARIYALAR SUHBATI" sheʼrini tinglang. Yomgʻirlar yogʻardi qirq kecha-kunduz, Qorlar yogʻar edi terakni koʻmgan. Toychoqlar boʻlardi koʻzlari yulduz, Poygada raqiblar changini koʻrgan. Yigitlar boʻlardi baquvvat, bardam, Bir oʻzi yer edi bir semiz qoʻyni. Tulporlar boʻlardi fayzli chunonam, Toʻldirib oʻtardi mahalla-koʻyni. DIQQAT SAVOL: sheʼrda "tulporlar" soʻzi Qaysi soʻz oʻrniga ishlatilganini ayting.