: Savolda tarqatma bor. Yoqolmagan — …… dan koʻradi, qaytib kelib …….dan koʻradi Biror ishni oʻzi eplay olmasdan, boshqalarga toʻnkaydigan insonlar haqida koʻplab maqol va iboralar bor. Masalan, otga minolmagan uzangidan oʻpkalaydi, oʻyin bilmaganga etik qoʻnji bahona, otolmagan ovchi yoyidan koʻradi va h.k. Tarqatma materialda ham ana shunday mazmundagi maqollardan birini koʻrib turibsiz. 1 daqiqadan soʻng, nuqtalar oʻrnida tushirib qoldirilgan soʻzlarni toʻgri ketma-ketlikda yozib bering.