Savolda tarqatma bor. Lugʻatda aytilishicha, oʻzbeklar bekorchilikdan zerikib toqatsizlanganda yoki kuchli hayajonlangan paytda BU ISHNI QILADI. 1883-yili Ilya Repin tomonidan chizilgan Pavel Mixaylovichning portreti 1930-yilga kelibgina Tretyakov galereyasidan joy olganini oʻqigan savol muallifi Tretyakov ham tom maʼnoda BU ISHNI QILGAN ekan, degan fikrga keldi. Diqqat savol, BU ISHNI QILISH bilan almashtirilgan bir nechta soʻzni yozib bering.