Savolda SHUNDAY soʻzi ikki soʻzni, IKS esa bir soʻzni almashtirib keladi. Internetdagi postlardan birida maʼlum sohada qisman boʻlsa ham bilimga ega boʻlgan holda oʻzidan guru yasaydiganlarga nisbatan zamonaviy dunyodagi SHUNDAY IKSLAR deya nom beriladi. Janglardan birida jarohat olgach Filipp II ham SHUNDAY IKS deya nom orttirib oladi. Rotterdamlik Erazmga tegishli deb hisoblanadigan mashhur frazada ham SHUNDAY odam IKS hisoblanar edi. Qayerda?