zakovatklubi.uz

Savolda SHUNDAY soʻzi boshqa bir soʻzni almashtirib keladi. Oʻzbek milliy xalq bolalar oʻyinining nomi SHUNDAY boʻlib, mazkur oʻyinda qizlar ikki tomonda turib olib, oʻrtadagi dugonasini toʻp bilan urib safdan chiqarishdan iboratdir. Oʻrtaga chiqqan qiz dugonalari otgan koptokni yo ilib olishi, yo koptokka chap berishi kerak. Uloqtirilgan toʻp ilib olinmasa yoki toʻp badanning biror joyiga tegsa, yigʻgan ochkolari bekor boʻladi va oʻyindan chiqadi. Aytish mumkinki oʻqituvchi va shifokorlar ham SHUNDAY hisoblanadi. Savol: SHUNDAY soʻzi oʻrnidagi bir qoʻshma soʻzni yozib bering.

Manba