Savolda IKS va IGREK 2 tadan soʻz bilan almashtirilgan. 1903-yilda boʻlib oʻtgan Rossiya sotsial demokrat ishchilar partiyasi II syezdida qabul qilingan IKSda sotsialistik jamiyat barpo etish uchun sotsialistik inqilob amalga oshirish va proletariat diktaturasini oʻrnatish haqida gapirilgan. IGREK esa podsho hukumatini agʻdarish va demokratik respublika barpo etish kabi yengilroq vazifalarni belgilab bergan. Diqqat savol. 1984-yilgi manbada IKS hamda IGREK deganda nazarda tutilganlardan istalgan birini yozib bering.