zakovatklubi.uz

Savolda IKS soʻzi bilan bitta soʻz almashgan. Brayan Gerbert va Kevin Anderson muallifligida 2002 yilda yaratilgan “IKS jihodi” nomli asarda, fikrlovchi mashinalar butun koinotda insoniyat ustidan hukmronlik oʻrnatgani, odamlarda har xil eksperimentlar oʻtkazib qiynoqqa solishi, bu qiynoqlardan toʻygan turli dindagi insonlar birlashib, fikrlovchi mashinalar imperiyasiga qarshi katta masshtabda qoʻzgʻolon qilishgani va nihoyat gʻalaba qozonishgani haqida hikoya qilinadi. Diqqat savol: IKS tarkibida 19-asr birinchi yarmida Nottingempshirda tugʻilgan qaysi insonning familiyasini koʻrishimiz mumkin?

Manba