zakovatklubi.uz

Savolda ikkita soʻz bir soʻz bilan almashtirilgan. Sanʼat tadqiqodchilari aniqlashicha, Yan Vermeyer surat chizishdan oldin tasvirning konturlarini chizmagan. Shunga qaramay, uning suratlaridagi obʼyektlar konturlari deyarli mukammal. Olimlarning fikricha, rassom oʻz ishida kursidan foydalangan, chunki uning yordamida nimqorongʻi xonada obʼyektlarning konturlarini aniq chizish imkoniyati boʻlgan. Almashtirilgan ikki soʻzni yozib bering.

Manba