Savolda ikki soʻz "IKS"ga almashgan. "IKS" 1987 yil 19-oktyabrda sodir boʻlgan birinchi zamonaviy global moliyaviy inqiroz boʻlib, Dow Jones Industrial Average indeksi 22,6 foizga tushib ketishi bilan boshlanadi. "IKS" tarixdagi bir kunlik fond bozoridagi eng katta tushish boʻlib, Oʻsha paytda, bu Buyuk depressiyadan keyin Qoʻshma Shtatlarda bozorning eng keskin pasayishini ham qayd etdi va dunyo boʻylab umumiy yoʻqotishlar 1,71 trillion AQSh dollariga baholangan. "IKS" voqeasi butun dunyo boʻylab moliyaviy bozorlar qanchalik texnologik jihatdan oʻzaro bogʻlanganligini koʻrsatib berdi. Diqqat savol: "IKS" bilan almashgan soʻzlarni yozib bering.