Savolda ikki soʻz boshqa bir soʻzga almashtirilgan. Bir necha hafta oldin, UzAutoMotorsning hech qanday tushuntirishsiz Onix va Treker avtomobillariga shartnoma bermaslik toʻgʻrisida chiqargan qarori keng jamoatchilik noroziligiga sabab boʻldi. Ushbu holatga atab, Habikatura telegram kanali tomonidan taqdim etilgan karikatura syujeti MATAning tarixini eslatib yuboradi. Aytish mumkinki, MATA mashhur ixtironing ilk qurbonlaridan biri. Savol: Yuqoridagi savol matnida almashtirilgan ikki soʻzni yozib bering.