Savolda ikki oʻrinda bir soʻzdan harflar tushib qolgan. Uning kichik turi vaqtinchalik boʻlib, bir yoki ikki kecha uchun moʻljallangan. Yasash uchun koʻp vaqt talab qilmaydi. Koʻpincha, ov safarlari davomida foydalaniladi. Bir muzqaymoq firmasi nomida ham Uni koʻrish mumkin. Savol: Harflari tushgan, xorijiy soʻzni yozib bering.