Savolda ikki oʻrinda bir soʻzdan bir necha harf tushirib qoldirilgan. Kinotanqidchi Anton Dolin nur tufayli rejissyor Aleksandr Askoldov faqat bitta film olganligini aytgan. Shon-sharaf muzeyi vakili Ibodulla Oltinovning taʼkidlashicha, urush paytlarida har bir yuborilgan xat nurdan oʻtkazilgani sababli ayrim maktublar oʻz manziliga yetib bormagan boʻlishi mumkin. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.