Savolda ikki joyda bir soʻzdan harflar tushib qoldirilgan. Qoʻshiqni ilk bor ijro qilgan insonning eslashicha, qoʻshiq dastlab nomga ega boʻlmagan. Shunda Oʻzbekiston radiosi xorining rahbari atoqli sanʼatkor Abdulhaq Sultonov, - “Ogʻayni, qoʻshigʻing nihoyatda SOʻM boʻlibdi. Unga “SOʻM” deb nom bera qol” degan taklifi bastakorga ham, kengash aʼzolariga juda maʼqul boʻlgan. Shundan soʻng, qoʻshiq shu nom bilan butun Oʻzbekistonga tarqalib, shuhrat topgan. Savol: Yuqoridagi savol matnida tushurib qoldirilgan harflarni tiklab, soʻzni asl holda yozib bering.