Savolda BU ISHNI QILISH soʻzlari bir nechta soʻz bilan almashtirilgan. Savol muallifiga BU ISHNI QILISH juda yoqadi va sizga ayrim tajribalari bilan oʻrtoqlashadi. Dastlab mavjud 4 ta variantdan bittasini tanlab oling. Soʻngra shu tanlaganingizga mos kelmay qolganida, quyidagi 3 ta harakatdan birini qiling: 1) 180 gradusga vertikal, yaʼni pastdan tepaga aylantirish; 2) 180 gradusga gorizontal, yaʼni oʻngdan chapga yoki chapdan oʻngga aylantirish; 3) 180 gradusga vertikal aylantirib, soʻngra yana 180 gradusga gorizontal aylantirish. BU ISHNI avtomat qiladigan mashinalar 1980-yillarda “Toshiba” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Diqqat savol: BU ISHNI QILISH oʻrnidagi soʻzlarni maksimal aniqlikda yozib bering.