Savolda [BOʻSHLIQ 1] va [BOʻSHLIQ 2] 3 soʻzni almashtirib keladi va bir biridan bir harfga farq qiladi. Uzoq yillar Fransiya mustamlakasi boʻlgan markaziy Afrikadagi ushbu mamlakatda Fransiyaning soʻnggi bazasi oʻz faoliyatini yakunladi. Bu haqidagi maqola sarlavhasi: "Soʻnggi fransuz harbiysi [BOʻSHLIQ 1]. Oʻzbek tiliga [BOʻSHLIQ 2] deya tarjima qilsa boʻladigan, 2020-yili yaratilgan qoʻshigʻi haqida gapirar ekan, rus xonandasi ijtimoiy tarmoqdagi izohdan ilhomlanganligini qayd etgan. Savol: BOʻSHLIQlardan istalgan birini yozib bering!