Savolda bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. “ZAR” – oʻrta asrlarda viloyat va mamlakatlararo yurib savdo qiluvchi shaxs, savdogar. “ZAR”lar oldi-sotti ishlaridan tashqari aygʻoqchilik ham qilganlar va borgan mamlakatlarining iqtisodiy ahvoli, harbiy qudrati haqida maʼlumot toʻplaganlar. Xon va sultonlar odatda oʻz elchilarini “ZAR”larga qoʻshib yuborganlar va shu tariqa oʻzlariga kerak maʼlumotlarni qoʻlga kiritganlar. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.