Savolda bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Joriy yilning 4-sentyabr kuni YUNESCOning Parijdagi bosh qarorgohida “Abu Rayhon Beruniy. Geografik va tele sayohatlar” koʻrgazmasi ochildi. Ushbu koʻrgazma buyuk alloma tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan ochilgan boʻlib, tashrif buyuruvchilar vizual instalyatsiyalar yordamida Beruniyning hayoti va ijodi haqida maʼlumot olishlari mumkin. Savol: Savolda harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering