zakovatklubi.uz

Savolda bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Janob satirik telegramm kanalida pul evaziga har narsani reklama qilish toʻgʻrisida shunday post uchraydi: Bir biznesmen aka falon dollarga uy sharoitida kartoshka chips tayyorlaydigan uskunalar toʻplamini reklama qilyapti. Kartoshka, yogʻ va tuzga xarajat ketadi. Kuniga necha kilodir chiqarib turilsa, 200-300 dollar sof foyda qilsa boʻlarkan, 1-2 haftada puli chiqarkan. Bunchalik oson boʻlsa, akaning oʻzi nega bu biznesni qilmayotgan ekan deb qiziqmang, balki amalga allergiyasi bordir. Diqqat savol: harflari tushirib qoldirgan soʻzni asl holida yozib bering.

Manba