zakovatklubi.uz

Savolda bir soʻzdan harflar tushib qolgan. “XVI – XIX asrlarda Oʻrta Osiyo xalqlarining haj ziyorati” kitobida yozilishicha, oʻsha paytlar Makkagacha yoʻl xavf-xatarli va uzoq boʻlgan. Shu sababli safar uchun karvonlar tashkil etish, ziyoratchilarni guruhlarga birlashtirish va ularning xavfsiz harakatlanishi uchun xat, ruxsatnoma va tir kabi hujjatlar tayyorlangan. Adabiyotshunoslikda turli sohadagi voqea va shaxslar haqida esdalik ruhidagi asar ham tir deyiladi. Savol: harflari tushib qolgan soʻzni asl holida yozib bering.

Manba