Savolda bir soʻzdan bir nechta haflar tushurib qoldirilgan. GOT - anʼanaviy yapon sanʼati boʻlib, 1800-yillarning oʻrtalarida vujudga kelgan. Bu sanʼat turida tutilgan baliq siyoh bilan yaxshilab boʻyaladi, ustiga qogʻoz qoplanadi. Natijada baliq shakli qogʻozga iz boʻlib tushadi. Bu usul yordamida baliqchilar tutgan baliqlarining shakli, uzunligi, suzgichlari turlari va baliqlarning boshqa xususiyatlarini oʻrganishgan. Bu sanʼat turi Yaponiyada hozirda ham saqlanib qolgan. Savol: Harflari tushurib qoldirilgan soʻzni oʻz holida yozib bering.