Savolda bir soʻzda bir nechta harflar tushirib qoldirilgan. Sharxlovchi Xayrulla Hamidov Kike Setyenning “Villareal” jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etilgani haqida yozar ekan, faqat hujum bilan ish bitmasligini taʼkidlab, Kikye Setyenni “Ispan RAMi” emasmi deya savol beradi. Oʻz navbatida, RAM 1953-yilda Bakuda tavallud topgan. Diqqat, savolda harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holatda yozib bering.