zakovatklubi.uz

Savolda bir soʻzda bir nechta harflar tushirib qoldirilgan. Badiha – xalq ogʻzaki ijodi anʼanalarini oʻzida aks ettirgan janr boʻlib, muayyan asarni ijro etganda ijodkorning unga kiritgan ijodiy oʻzgartishlari bilan ajralib turadi. Koʻp hollarda, sheʼriy taʼbga ega, soʻzga chechan kishilarning tayyorgarliksiz, toʻsatdan, qandaydir ichki tugʻyon bilan ijro etgan asarlariga OV hamohanglik qiladi. Shu yil, Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan festivalda “Eng yaxshi OV ustasi” nominatsiyasida Bobur Mirzaev gʻolib boʻlgan edi. Diqqat, savolda harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holatda yozib bering.

Manba