Savolda bir soʻzda 6ta harf tushirib qoldirilgan. GALning paydo boʻlishi haqidagi afsona koʻra qadimgi Rimda shavqatsiz bir hukmdor 2 yigitni tutib keltirtiradi. Ularga qilich tutqazib jang qilishlarini, kim yutsa ozodlikka erishishi va qiziga uylanishini aytadi. Lekin yaqin doʻstlar boʻlgan bu ikki yigit jangdan bosh tortib qilichlarni yerga uloqtirishadi va qilichlar tushgan joyda GAL paydo boʻladi. Shundan beri GAL doʻstlik, roʻstgoʻylik, hurmat ramzi sifatida koʻrilib kelinmoqda. Diqqat savol: tushirib qoldirilgan harflarni oʻz oʻrniga qoʻyib bitta lotincha soʻzni yozib bering.