Savolda bir soʻz IKS soʻzi bilan almashtirilgan Birinchi IKSni italiyalik shoir Jakomo Lentini 13-asrda yozgan ekan. Shekspir ham IKSlar yozganligi maʼlum. Boshqa bir IKSni Oʻzbekistonda 2024 yil bahoridan boshlab ADM Global kompaniyasi 189 million 900 ming soʻmdan 239 million 900 ming soʻmgacha boʻlgan 3 xil variantini sotishni boshladi. Savol: Namanganda tugʻilgan insonning 20-asrning 2-chi choragida IKS janrida yozilgan asarini ikki soʻzda yozib bering.