Savolda bir soʻz boshqa ikki soʻzni almashtirib keladi. Telegramdagi tarixdan sirlar kanalida yozilishicha, Amerikaliklar II jahon urushi davrida Italiyaga qoʻshin tushirishganida tankchilarning bir boʻlinmasi Kolizey yonidan chiqib qoladi. Shunda amerikalilarning bir qoʻmondoni oʻz jangchilariga qarab: “Buni qaranglar, bu yerda bizning bombardimonchi samolyotlarimiz aʼlo darajada ishlashibdi”, - degan ekan. Aslida esa kolizeyning bu qismi ancha yillar oldin buzilib ketgan edi. Maqola muallifining fikricha, ularga tarixdan "HOJI" dars bergan boʻlsa kerak. Diqqat savol: 2012 - yilda ekranlarga chiqqan filmda oʻqituvchi rolini bajargan personaj ism-familiyasini yozib bering.