Savolda bir soʻz birikmasidan bir harf tushirib qoldirilgan. Abdulla Qahhorning buvisi nevaralarining bilimini aniqlash uchun quyidagicha savol beradi. "Mustafoning nechta eshigi bor?". Kampir aynan shu savol bilan jadidlar oʻqitish uslubi notoʻgʻri ekanligini va eski oʻqitish uslubi ustunligini isbotlamoqchi boʻladi. Savol: matnda tushirib qoldirilgan harfni oʻz oʻrniga qoʻyib, ushbu soʻz birikmasida nima nazarda tutilganini bir necha soʻzda yozib bering.