Savolda bir soʻz bir necha joyda boshqa soʻzlarni almashtirib kelgan. Jyul Vernning asarlaridan birida Danaya tilga olinadi. Danaya – yunon afsonalaridagi malika boʻlib, uni Zevs sevib qolgan va malika huzuriga OLGʻIR qiyofasida borgan ekan. OLGʻIR bu Yakutiya rok guruxi “Cholbon” ning 2000 yildagi musiqiy albomi. OLGʻIR bu toʻsatdan va osonlikcha boylikni anglatuvchi ibora. OLGʻIR sariq gulli butalarni, kimyoda almashinuv reaksiyasini, meteorologiyada effektni ham anglatadi. Diqqat savol: almashgan ikki soʻzni yozib bering.