Savolda bir oʻrinda bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Bir hazil karikaturada Van Gog oʻziga yuborilgan sovgʻa qutisini ochganda Uni koʻrib xursand boʻlgani tasvirlangan. Karikaturada yana yilning oxiri va yilning boshida koʻp bor aytiladigan 3 soʻzli inglizcha jumlani bir harfi tushib qolgan holida koʻrishimiz mumkin. Savol: Karikaturadagi 3 soʻzli jumlani yozib bering.