Savolda bir necha oʻrinda bir soʻz ikkita soʻzni almashtirib kelgan. Koʻpchilikda “totli”lar hayoti shirindek koʻrinishi mumkin. Hatto totlilik ka xonanda Arash xam xavas qilgan. Oʻtgan asrning 30-yillarida yaratilgan roman va hozirgi asrning birinchi choragida yaratilgan filmdagi “totli”lar fojeasini koʻrib, ularning hayoti ham oson emasligiga amin boʻlasiz. Qizigʻi ularning oʻldirilishi ham “totli”ligi bilan bogʻliq. Savol. Agar siz almashtirilgan soʻzlar nimaligini topgan boʻlsangiz, birinchi manba haqidagi filmda rol oʻynagan buxorolik yoki ikkinchi manbada rol oʻynagan navoiylik ijodkorning ism familiyasini yozib bering.