Savolda almashtirishlar bor. “Qizilni yashillashtirish” nomli maqolada yozilishicha, olimlar bir vaqtlar muzlarni eritib suv olish, shu orqali Qizilni yashashga yaroqli qilmoqchi boʻlishgan. Biroq bu gʻoyaning kamchiligi atmosferaning juda yupqaligi sababli suvning suyuq holga oʻtmasdan bugʻlanib ketishi edi. Savol: Qizil va yashil soʻzlari bilan almashgan soʻzlarni yozib bering.