zakovatklubi.uz

Savolda almashtirish bor. You tubedagi bir video futbol tarixini oʻzgartirgan hakamlik xatolari haqida tuzilgan. Videoda 1986-yilgi shov-shuvli Argentina-Angliya oʻyinidagi Maradona qoʻli bilan urgan gol va 1990-yilgi SSSR-Argentina oʻyinidan skrinshot bor. Buni qarangki, Sovet Ittifoqi bilan boʻlgan oʻyinda Maradona oʻz darvozasiga kirib ketayotgan toʻpni chiziq oldida qoʻli bilan urib yuboradi. Ushbu skrinshotga berilgan taʼrifda shunday deyilgan: "Maradona oʻzining Da Vinchi ekanligini isbotladi". Savol: Almashtirilgan bir lotincha soʻzni yozib bering .

Manba