Savolda almashtirish bor. Xitoyning dunyo boʻylab yashirinib yurgan korrupsioner, poraxoʻr, firibgar shaxslar qidiruvi maxsus operasiyasi nomi BU IShNI qilish deb nomlanadi. Mahfiy agentlar mamlakatga qaytarilishi kerak boʻlgan shaxsga nisbatan qurol ishlatishmaydi, uni Xitoy sudiga topshirib, qonuniy chora koʻrilishini taʼminlashadi. Dastlabki qoidalari va koʻrinishi XVI asr Buyuk Britaniyaga borib taqaladigan BU IShda ham quroldan foydalanilmaydi va hozirda boshqa davlatlarda oʻz ishqibozlariga ega. Savolda nazarda tutilgan oʻsha ishni nima ekanini maksimal yozib bering.