Savolda almashtirilgan soʻzlar mavjud. 1997-yilda yaratilgan xorijiy asar haqida savol muallifining yomon fikr bildirishga koʻzi qiymaydi va oʻzini tiydi. Chunki asarning har bir bobi muallifning ichki kechinmalariga toʻla. Asar haqidagi maqolada “oʻlim ummoniga choʻkib borayotgan ALFA” va uning ichida tirik qolishga harakat qilayotgan isyonkor IKS, yaʼni "jon, ruh" haqida majoziy fikr bildirilgan. Savol! ALFA va IKSNI unlilari bir xil boʻlgan soʻzlar bilan yozib bering.