Savolda 3 marta bir soʻzda bir nechta harflar tushirib qoldirilgan. Bravo jamoasi hazillaridan birida aytilishicha “dangʻillama” uy qurish uchun UNI ishlatish kerak ekan. Uning ruhlangani oq, ruhlanmagani qora deyiladi. Ayrim Sharqiy Yevropa davlatlarida U bilan toʻyning, nikohning 8 yilligi ham ataladi. Diqqat savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.