Savolda 2 soʻz boshqa 2 soʻzni almashtirib keladi Gabriyel Garsia Markesning "Shunday Alfalar" nomli qissasi inson taqdiri haqida bitilgan mungli qoʻshiqqa oʻxshaydi. Bir tomonda odamlarga yordam berishdan bosh tortib, yolgʻizlikda oʻzini mahkum qilgan insonni soʻnggi yoʻlga kuzatish burchi. Boshqa tomonda uning oʻz xonasida irib-chirib ketishini istagan olomonning qarshiligi tasvirlangan. Rashod Nuri Gunteginning asarida esa bosh qahramon Ali Rizobey bolalarning oʻzligidan, axloqiy qadriyatlardan tobora uzoqlashib, yoʻqlik tomon yuz tutishlariga chorasizlikdan tomoshabin boʻlar ekan, oʻz farzandlarini azim daraxtning "shunday alfalar" ga oʻxshatadi. Savol: almashtirilgan soʻzlarni yozib bering