Savol muhokamasida jamoa aʼzolari hammasi oʻz ishini bilib bajarsa toʻgʻri javobni topishlari mumkin. «Kontinental» serialida Mel Gibson ijrosidagi qahramon yovuz niyatini amalga oshirishda qotillik, shaharni kulini koʻkka sovurishga ham tayyor odam. Oʻzining iqror boʻlishicha 20 yildan beri shu ish bilan shugʻullanadi va bu vaqt ichida bir musiqa asbobini chalishni oʻrganmaganidan afsuslanib qoʻyadi. Eramizning 64 yilida sodir boʻlgan voqea sabab paydo boʻlgan idiomaning notoʻgʻri tarjima qilinishi oqibatida anaxronizm yuzaga kelgan. Mel Gibson personaji orzu qilgan va idiomadagi xatolikka sabab boʻlgan musiqiy asbobni yozib bering.