Savol matnidagi BOʻSHLIQ1 va BOʻSHLIQ2 oʻrnidagi soʻz bir-biridan kapitalizatsiya bilan farq qiladi. Qizigʻi, BOʻSHLIQ1ning ijodidagi BOʻSHLIQ2 u koʻplab tashkilotlar va komissiyalarga rahbar qilib tayinlangach, ijod qilish uchun ILHOM MANBAYI YETMAGAN 1918-1920-yillarga toʻgʻri keladi. Boshqa bir BOʻSHLIQ2da esa toʻrga tegib ketmaslik muhim hisoblanadi. Savol: BOʻSHLIQ1 yoki BOʻSHLIQ2 dan istalgan birini yozib bering.