Savol matnidagi bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Fliak - bu qadimgi yunon teatrlarining bir turi hisoblanib, ushbu teatrlardagi har bir chiqish sahnaning oʻzida aktyorlar tomonidan oʻsha paytning oʻzida oʻylab topilgan ssenariy asosida yaratilgan. Ekspertlar fikricha ushbu teatr aktyorlari ROTAdan foydalangan holda chiqish qilgan ilk artistlar hisoblanadi. Rossiyaning TNT telekanalida 2016-yildan 2023-yilgacha efirga uzatilgan koʻrsatuv nomi ham ROTA. Savol: Savol matnida tushirib qoldirilgan harflarni oʻz oʻrniga qoʻyib soʻzni asl holida yozib bering.