Savol matnidagi bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. 2001-yili bir AQShlik dengiz arxeologi va yozuvchisi 1885-yili Gaiti qirgʻoqlarida choʻkib ketgan “Mariya Selesta” kemasining qoldiqlarini topganini eʼlon qilgan. Biroq, Kanada geologik xizmati tomonidan oʻtkazilgan xronologik ekspertiza kema qoldiqlari “Mariya Selesta” kemasiga tegishli boʻlishi mumkin emas degan xulosaga keladi. Savol: Yuqoridagi savol matnida tushurib qoldirilgan harflarni tiklab, soʻzni asl holda yozib bering.