Savol matnidagi bir soʻzdan harflar tushib qoldirilgan. Jeyms Bond ishtirokidagi 1983-yilgi “Sakkizoyoq” filmi epizodlaridan birida, Bondga faberji tuxumlaridan birining soxtasini koʻrsatishar ekan, tuxumning aslini oʻsha kechasi OT da qoʻlga kiritish mumkinligini aytishadi. Londonning Bond-Strit koʻchasi haqidagi vikipediya maqolasida 18-asrda asos solingan OT ga havola mavjud. Savol: Harflari tushurib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering