Savol matnidagi bir soʻzdan harf tushib qolgan. Toshkent shahridagi Taras Shevchenko koʻchasida 24 soat davomida tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatuvchi restoranlar, kafelar, oziq-ovqat doʻkonlari va savdo butiklari mavjud. Bu koʻchani poytaxtimizdagi ilk astronomik alleya deyish mumkin. Savol: Savol matnida tushib qolgan bir harfni yozib bering.