Savol matnidagi bir soʻz ikki soʻzni almashtirib keladi. Gavayi mehmonxonalarida narxlari 120 dollardan 700 dollargacha boʻlgan, arzoni-yu qimmatida deyarli bir xil sharoitlardagi xonalar taklif qilinadi. Narxlar boʻyicha tafovut haqida gapirar ekan bloger Otabek Mahkamov 5 minut va TOKni eslab oʻtadi. Savol: Almashtirilgan ikki soʻzni yozib bering.