zakovatklubi.uz

Savol matnidagi bir soʻz boshqa bir soʻzga almashtirilgan. Nuray Bilgilining “Turkiy mifologiyada ilohalar va jodugarlar” asarida yozilishicha hayot suvi koʻplab xalqlar afsonalarida tilga olinuvchi muqaddas suv. Uni qadimgi hindlar SAMO deb atashgan. Uni tayyorlash uchun nomaʼlum oʻsimlikni toshda ezib, suvi olinadi va qoʻy junidan toʻqilgan matoda suzib/filtrlab olishadi. Sirli retseptga ega gallyutsinogen ichimlik qadimgi kushon va hindlarda muqaddas hisoblanib, maxsus ibodat marosimlarida ichilgan. Savol: Almashtirilgan soʻzni yozib bering.

Manba